Яратилиш санаси 06.09.2021

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik bayrami hamda 2021-2022 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 2021 yil 6 sentyabr kuni tadbir bo'lib o'tdi

Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik bayrami hamda 2021-2022 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan joriy yil 6 sentyabr kuni o‘qituvchi-mudarris, xodim va talabalar ishtirokida “Mustaqillik buyuk ne’mat” mavzusida tadbir tashkil etildi. 

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unga bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaev raislik qildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili Abdulhay domla  Tursunov ishtirok etdi.

Bundan tashqari tadbirda Namangan viloyati Respublikamiz Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi, yurtimizdagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari bilan taqdirlangan Namangan  shaxrida yashovchi Xoruxon ota Ayubxonov  ham ishtirok etdi.

Xorunxon ota “Fidokorona xizmatlari uchun” do‘stlik ordeni hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar.

Kirish so‘zida A.Bobamirzaev tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, tadbirni Qur’oni karim tilovati bilan boshlashlikni taklif etdi va bilim yurti 4-kurs talabasi Ahmadjanov Isroil  tilovat qilib berdi. 

 So‘zni  O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili Abdulhay domla  Tursunovga berildi. Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi ta’lim-tarbiya bilan shakllanadi. Demak, ta’lim-tarbiya kelajak  poydevori hisoblanadi. SHunday ekan, odob-axloq bilan  farzandlarni  axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni  shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi. Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa,  bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi deb madrasani ertangi ravnaqi uchun muhim ko‘rsatmalarini berdilar.

Tadbirda Xorunxon ota talabalarga o‘zlarini kerakli pand-nasihatlarini berib, boshlangan o‘quv yilini xayrli va barakali bo‘lishi uchun duo qildilar. 

2021-2022 o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarni mustaqillikning 30 yillik bayrami  bilan qutladi va 1-kurs talabalarini har biriga bilim yurti tomonidan xomiylarni jalb qilgan holda  o‘quv qurollari topshirildi. 

Tadbir so‘ngida Qur’on tilovati bo‘lib, Prezidentimizni xalq farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan xayrli faoliyatlarida YAratganning O‘zi madadkor bo‘lishini so‘rab, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini doimiy bo‘lishligini, xalqimizning farovon hayoti yanada yuksalishini hamda yurt tinchligi va xalq farovonligini yuksaltirishda xizmat qilib o‘tgan marhum O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’niyevich  karimov va O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov haqlariga va qatag’on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab duoi xayrlar qilindi.

 Tadbir so‘ngida bilim yurtida arab tili sarf fanidan 6 bobni yodlagan 3 nafar talabalar va arab tili sarf fanidan 22 bobni to‘liq yodlagan 2 nafar talabalar va muxtasari viqoya kitobidan tahorat bobidan haj bobigacha to‘liq yodlagan quyidagi 3 nafar talabalar o‘quv yili shartnoma to‘ lov sertifikati va  maqtov yorlig‘i, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Mustaqilligimizni 30 yilligi va bilim yurtimizni 30 yoshni qarshilagani munosabati bilan 6 nafar bilim yurtida bir necha yil faoliyat yuritgan faxriy ustoz va xodimlarning xar birlariga bilim yurti tomonidan 1 000 000 (bir milion ) so‘m pul mukofoti va   bilim yurtining 10 nafar talabalariga homiylarni jalb qilgan holda kastyum shim bilan taqdirlandi.  

Tadbirdan so‘ng bilim yurti o‘quv xonalarida guruh rahbarlar  tomonidan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. 

O’quv mashg’ulotida Ozbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy tadqiqot bo’limi tomonidan tayyorlangan “Yangi O‘zbekistonda  erkin va farovon yashaylik!” mavzusidagi slayd asosida o‘tkazilib, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, mustaqillik yillarida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, istiqloldan keyin diniy qadriyatlar va diniy ta’limga e’tibor mavzularida so‘z yuritilib, talabalarga talabalik huquqini bergan mustaqillikning ahamiyatini keng tushuntirib berildi.

Dars davomida talabalar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. 

Bilim yurti matbuot xizmati

 

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар